2025-yil 24–25-sentyabr kunlari Toshkent shahrida "Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning holati va rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda, MUNIS–PRIM loyihasi va Science and innovation xalqaro jurnali doirasida tashkil etilmoqda.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining farmoyishiga asosan o‘tkazilmoqda.
📍 O‘tkazilish joyi: PANARAMS mehmonxonasi, Toshkent, Boykurgon ko‘chasi 2
Zamonaviy mikrobiologiya va biotexnologiyaning asosiy ilmiy masalalari
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va ekologiyada mikrobiologik texnologiyalar
Tibbiyot va veterinariya mikrobiologiyasi
Mikrobiologik preparatlarning qo‘llanilishi
Konferensiya doirasida plenar va sektsion ma’ruzalar, treninglar, ko‘rgazmalar, shuningdek strategik va foresayt sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida Agar Art tanlovi ham o‘tkaziladi – mikroorganizmlardan foydalangan holda yaratilgan ijodiy ishlar namoyish qilinadi va g‘oliblar taqdirlanadi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun badal — 200 000 so‘m
Chet ellik ishtirokchilar uchun — $150
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/NgecbMANWxjirv9u9
Agar Art tanlovi: https://forms.gle/6jaLkvMF8cCvz3VF9
Yuklab olish: Ikkinchi_Axborot_xati_24-25.09.2025
Konferensiyadagi maqolalarga DOI raqami beriladi va Google Scholar, Index Copernicus, Zenodo kabi xalqaro bazalarda indekslanadi.