Asosiy moliyalashtirish bo‘yicha mavzu: Antropogen yashash joylari ekotizimlarida bakterial komplekslarning bioxilma-xilligi va taksonomik tuzilishi hamda ularning biotexnologik salohiyati
Ilmiy laboratoriya faoliyatining maqsadi: O‘zbekistonda mikrobial bioxilma-xilligining tarkibiy qismlari bo’yicha tadqiqotlar olib borish va zamonaviy taksonomik inventarizatsiyasini o'tkazish; ekotizimlar sifatiga tabiiy va texnogen ta'sirni tahlil qilish; biologik xilma-xillikni tabiiy muhit holatining kompleks ko‘rsatkichi sifatida tizimli o‘rganish; shuningdek, mikroorganizmlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish uchun yangi axborot platformasini yaratish, mavjud sanoat uchun muhim mikroorganizmlar to‘plamining faoliyatini, sharoitlarini kengaytirish va takomillashtirish hisoblanadi.
Mikroorganizmlar bioxilma-xilligi laboratoriyasining ilmiy yo‘nalishi biologik xilma-xillikning uchta asosiy turini: genetik, tur, ekotizimlar xilma-xilligini o‘rganishga asoslangan. Biologik xilma-xillikning barcha turlari o'zaro bog'liq bo’lishi va mikroorganizmlarni ajratib olishdan to ekotizim holatini aniqlash tadqiqotlari Mikrobiologiya instituti va mikroorganizmlar bioxilma-xilligi laboratoriyasining asosiy faoliyati hisoblanadi.
Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:
- mikroorganizmlar xilma-xilligini inventarizatsiya qilish va o‘rganish – mikroflorani uzoq muddatli monitoring qilish tizimini tashkil etish hamda biologik xilma-xillikni o‘rganish va saqlashda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi;
- mikroorganizmlarning biotexnologik muhim shtammlarining to‘plamini doimiy to‘ldirish va ular asosida xalq xo‘jaligining amaliy tarmoqlari uchun yangi biotexnologiyalarni yaratish;
- milliy va mintaqaviy bioxilma-xillik xulosalarini tuzish;
- xalq xo‘jaligi amaliyotiga innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
- atrof-muhit obyektlari (ifloslanmagan hamda antropogen va texnogen ta’sir ostidagi tuproq, suv va loylar)ning mikrobiologik monitoringini o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.
Loyihalar:
ВА-ФА-Ф5-012 “Mikroorganizmlar – nanozarralar produsentlari sifatida” fundamental loyihasi (2017-2020);
MRB-AN-2019-22 “Bakteriyalar tomonidan sintezlangan o‘tuvchi metallar nanozarralari – oksidoreduktazalar sinfining amaliy muhim fermentlari faolligini modulyatorlari sifatida” O‘zbekiston-Belarus fundamental loyihasi (2019-2021);
MRB-2021-536 “Nanozarralarni mikrobiologik sintez qilish jarayonlari va ularni yangi nanomateriallarni olish texnologiyalarining asosi sifatida barqarorlashtirish” O‘zbekiston-Belarus loyihasi (2021-2023);
А-ОТ-2021-56 “Sanoat va ishlab chiqarish uchun foydali mikroorganizmlar to‘plamini tiklash, ko‘paytirish, saqlash bo‘yicha raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish” amaliy loyihasi (2021-2023).
Asosiy ilmiy yutuqlar:
Patentlar va litsenziyalar
№ IAP 02946 Способ переработки отходов гидрометаллургии. (Борминский С.И., Куканова С.И., Зайнитдинова Л.И., Лильбок Л.А., Латышев В.Е., Петухов О.Ф.), 2003.03.04.
№ IAP 06299 Штамм бактерий Azotobacter chroococcum, обладающий антифунгальной активностью и деструктивной активностью к пестицидам. (Зайнитдинова Л.И., Ташпулатов Ж.Ж., Куканова С.И.), 23.09.2020.
№ IAP 2011 01 65 Штамм бактерий Bacillus licheniformis 234 для защиты хлопчатника от вертициллезного вилта и стимуляции роста хлопчатника. (Золотилина Г.Д., Ходжибаева С.М., Федерова О.А., Ташпулатов Ж.Ж.), 10.01.2013.
№ IAP 2011 01 64Штамм Streptomycesroseoflavus 33 для защиты хлопчатника от вертициллезного вилта и стимуляции роста хлопчатника. (Ходжибаева С.М., Бекмухамедова Н.К., Федерова О.А., Ташпулатов Ж.Ж.), 10.01.2013.
№ IAP 04902 Микробный препарат Вербактин для биоконтроля грибковых заболеваний и стимуляции роста хлопчатника. (Ходжибаева С.М., Золотилина Г.Д., Федорова О.А., Каримова Х.М., Хамидова Х.М., Абдуллаев Н.Д., Ташпулатов Ж.Ж., Гулямова Т.Г.),20.05.2014.
№ IAP 06289 Штамм Bacillusthuringiensis 49б в качестве средства комплексного воздействия на насекомых-вредителей и фитопатогенные грибы (Федорова О.А., Магай Е.Б., Мавжудова А.М., Нурмухаммедова Х., Жураева Р.Н.),29.08.2020.
Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna
biologiya fanlari doktori, professor
biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Bekmuxamedova Nigora Karimovna
biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Qosimov Diyorbek Ilxom o’g’li
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD)