Loyihalar:
Yutuqlar:
O‘zbekistonda birinchi marta nitrilgidratazani produtsenti bo‘lgan aktinobakteriya Rhodococcus ruber-8/4/1 mahalliy shtammi ajratib olindi va akrilonitrilni akrilamidga biotransformatsiya qilish uchun “RODOAMID” biokatalizatori ishlab chiqildi.
Neft va neft mahsulotlarini suvli va suvli-organik muhitda eritish va parchalash uchun biosurfaktant hosil qiluvchi mikrob shtammlari va ularning assotsiatsiyalri olingan.
Patentlar:
Shartnoma asosidagi xizmatlar:
Laboratoriya xodimlari mikrobiologiya va mikrob biotexnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadilar:
Agrar soha uchun:
Fermerlarga metanogen fermentatsiyadan foydalanish va uning asosida biogaz va boyitilgan organik o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha maslahatlar berish. Biogaz fermentatsiyasining mezofil va termofil rejimlari uchun mikroorganizmlarning balanslangan metanogen assotsiatsiyasini (xamirturush) etkazib berish.
Tuproq, go‘ng va bioo‘g‘itlardagi ammiak azotini aniqlash.
Kimyo sanoati uchun:
Fermentlar va mikrob sintezi, biokonversiyasi asosida yangi turdagi mahsulotlar olish, chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalarni qayta ishlash uchun yangi biotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.
Farmasevtika sohasi uchun:
Sanoat binolari, apparatlar, uskunalar, bog‘lovchi vositalari va texnologik kiyimlarda havoning mikrobli ifloslanishini nazorat qilish.
Test mikroorganizmlariga nisbatan dori vositalari va substansiyalarning mikroblarga qarshi ta'sirini va antibiotik faolligini (miqdoriy) aniqlash.
Tozalangan suv, subtansiyalar, dori-darmonlar, biologik faol qo‘shimchalar (BAA) va boshqalarning mikrobiologik tozaligini tekshirish.
Mahalliy va xorijiy hamkorlik aloqalari:
Laboratoriya xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining turli institutlari, O‘zR Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent agrar universiteti, Kimyo-texnologiya instituti va Dyuzeldorf universiteti (Germaniya) bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan hamda Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Ilmiy safarlar:
MRB-2021-528- sonli loyiha rahbari, katta ilmiy xodim, b.f.n. Maxsumxanov A.A. Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori Shepshelev A.A. taklifi bilan “Mikrobial biotexnologiyalar: fundamental va amaliy jihatlari” mavzusidagi XIII Xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun 2023 yil 5-12 iyun kunlari Minsk shahriga xizmat safarida bo‘ldi: https://mbio.bas-net.by/2023/. Maxsumxanov A.A. konferensiyaning yalpi va seksiya majlislarida qatnashdi, Belarus biotexnologiya korxonalari, biologik tadqiqotlar uchun asbob-uskunalar va reagentlar yetkazib beruvchilar va institutning mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi hamda “Sanoat biotexnologiyasi” seksiyasida taqdimot qildi.
Hozirda amalga oshirilayotgan IL-4821091620- sonli loyiha masalalarini muhokama qilish uchun loyiha hamkorlari Belarus davlat universiteti biologiya fakulteti professori Evtushenkov A.N. va dotsent Kachan A.A bilan uchrashuv o‘tkazdi. Loyiha kalendar vazifalarini bajarish uchun kichik ilmiy xodim A.F. Xolikovning hamkor laboratoriyaga xizmat safari imkoniyatlari muhokama qilindi.
Natijada IL-4821091620- sonli loyiha kichik ilmiy xodimi A.F. Xoliqov 2023 yil 5-29 iyul kunlari Minsk shahriga (Belarus Respublikasi), Belorussiya davlat universitetining biologiya fakultetiga termostabil α-amilaza genini B6-1/5 shuttle vektoriga klonlash va E. coli DH5a va B. subtilis-168 ekspression tizimlari ekspressiya qilish uchun xizmat safarida bo‘ldi. Barcha rejalashtirilgan ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Xizmat safarlarini moliyalashtirish hamkorlikdagi loyihalar hisobidan amalga oshirilgan.
Maxsumxanov Axmadjan A’zamxanovich
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Katta ilmiy xodim
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Сотрудники лаборатории проводят эксперименты