Oʼzbekiston Respublikasida fitopatogen viruslarni oʼrganish 1956 yilda boshlanib, 1960-yillarda Oʼrta Osiyo Fitopatologiya institutida virusologiya laboratoriyasi tashkil etilgan.
Bu laboratoriya 30 yil davomida faoliyat yuritib, bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga molik boʼlgan yoʼnalishlarda faoliyat yuritdi. Undan soʼng, 1972 yilda Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi qoshida virusologiya laboratoriyasi tashkil etilgan, bu laboratoriyada fitopatogen viruslar - b.f.n. Mirzaaxmedov V. va b.f.n. M.Z. Isamuhamedovlar rahbarligida kartoshka, tomat va boshqa qishloq hoʼjaligida muhim boʼlgan oʼsimliklarda viruslarini tarqalishi, biologik, fizik –kimyoviy xususiyatlari oʼrganilgan va ularni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan. Kasallantiradigan viruslarini xususiyatlarini oʼrganish natijasida ularga qarshi preparatlar ishlab chiqilgan va qoʼllanilgan, viruslarga qarshi kimyoviy va biologik kurash choralari (“Bitoksibatsillin”, mochevina) ishlab chiqilgan. Entomopatogen bakulaviruslarni (b.f.n. Dikasova Ye.T.) oʼrganish doirasida ilmiy izlanishlar olib borilgan va ularni qishloq hoʼjalik zararkunandalariga - tunlamlarga qarshi biologik preparatlari ishlab chiqilgan va qoʼllanilgan, shuningdek, fitopatogen mikroorganizm viruslari, yaʼni bakteriofaglar oʼrganilib Muradov M.M., ularni kollektsiyasini toʼplagan.
Shu bilan bir qatorda Qishloq xoʼjaligi Аkademiyasi qoshidagi mevachilik va uzumchilik institutida, Sabzavotchilik, kartoshka va poliz ekinlari institutida viruslarni oʼrganuvchi guruhlar tashkil qilinib, bir qancha ilmiy kadrlar Moskva, Leningrad, Kievdagi institutlarda tayyorlangan va u yerdagi olimlar bilan birgalikda ilmiy ishlar olib borilgan. Bir qancha fan nomzodlari va fan doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan.
Fitopatogen viruslarning nazoratini ilmiy asoslash va joriy etish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar” toʼgʼrisidagi PQ-4899-sonli farmonida Fanlar Аkademiyasining mikrobiologiya institutida «Fitovirusologiya» ilmiy laboratoriyasini tashkil etish toʼgʼrisidagi takliflari maʼqullangan. Ushbu qaror asosida Mikrobiologiya institutida «Fitovirusologiya» laboratoriyasi tashkil etilgan, laboratoriyani moliyalashtirish Innovatsion rivojlanish vazirligi tomondan loyiha asosida qoʼllab quvatlanishi qarorga koʼrsatib oʼtilgan.
Fitopatogen viruslar laboratoriyasining asosiy maqsadi: Oʼzbekiston Respublikasi global iqlim oʼzgarishi sharoitida asosiy qishloq xoʼjalik ekinlarining xavfli kasalliklarini qoʼzgʼatuvchi fitopatogen viruslarni aniqlash, identifikatsiya qilish, turli hududlarda tarqalish areallarini oʼrganish, monitoring oʼtkazish, diagnostika usullari va viruslardan himoyalash choralarini ishlab chiqish va ularning kollektsiyasini yaratish.
Fitovirusologiya laboratoriyasining yoʼnalishlari quyidagilardan iborat boʼladi:
- fitopatogen viruslar zamonaviy va sezgir diagnostika usullarini ishlab chiqish;
- fitopatogen viruslarning oʼsimlik fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlariga taʼsirini aniqlash;
- urugʼdan tarqaladigan viruslarni aniqlash, virussiz toza urugʼlar tayyorlash texnologiyalarini ishlab chiqish;
- qishloq xoʼjaligi ekinlarini viruslardan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Joriy loyihalar:
А-FА-2021-288 “Tuproq unumdorligini tiklovchi hamda toksik elementlarni parchalovchi foydali mikroorganizm guruhlari asosida komleks tasir etuvchi yangi avlod biopreparatlar yaratish” (2021-2024 yy).
PZ-202102234 «Oʼsimliklarning oʼsishini va biooʼgʼitlarni faollashtiruvchi zararsiz bakterial insektitsidlar ishlab chiqarish biotexnologiyasini yaratish» Loyixa raxbari Аbdullaev Аnvar Kadirullaevich (2021-2024 yy.)
Istiqbollar:
kurashishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish;
- Endemik va noendemik boʼlgan fitopatogen viruslar tur
tarkibini aniqlash;
- Fitoviruslar xususiyatlarini dala va laboratoriya
sharoitlarida oʼrganish vaa fitopatogen viruslar genbankini yaratish;
ishlab chiqish;
misolida) birlamchi urugʼchiligini tashkil qilish va virusdan xoli urugʼlarni koʼpaytirish biotexnologik usullarini ishlab chiqish;
- Virusologiya yoʼnalishlari boʼyicha fundamental va amaliy
ahamiyatga ega boʼlgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- Viruslar diagnostikasini yaratish asosida raqobatbardosh va
import oʼrnini bosa oladigan ham eksportga moʼljallangan biotexnologiyalarni yaratish;
- Qishloq xoʼjaligida ishlatiladigan diagnostikumlarni
ishlab chiqish va eksport qilish boʼyicha takliflar tayyorlash.
Patentlar:
Laboratoriya xodimlari:
Laboratoriya mudiri
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Etakchi ilmiy xodim
Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim