Laboratoriya haqida

bez_imeni-1_650849

2020-yilda tashkil etilgan laboratoriya atrof-muhitning antropogen ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi. Tuproq va suv ekotizimlarini mikroorganizmlar hamda ularning konsorsiumlari yordamida bioremediatsiya qilish, foydali mikroorganizmlar asosida innovatsion mikrobiologik preparatlar yaratish, mikroorganizmlarning ekologik va biotexnologik salohiyatini o‘rganish asosiy yo‘nalishlardir. Tadqiqotlarda genomika, metagenomika, molekulyar biologiya va zamonaviy OMICS yondashuvlari qo‘llanilib, funksional genlar, metabolik yo‘llar hamda ifloslantiruvchi moddalarning biodegradatsiya mexanizmlari molekulyar-genetik darajada tahlil qilinadi.

 

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishlari:

Pestitsid qoldiqlari bilan ifloslangan tuproqlarni bioremediatsiya qilish: kuchli ifloslangan tuproqlardan ajratilgan adaptiv mahalliy kulturalar konsorsiumlari pestitsidlarni parchalash bilan birga PGPB xususiyatiga ega bo‘lib, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiradi, fitopatogenlarni bostiradi, urug‘ unuvchanligi va hosildorlikni oshiradi.

Og‘ir metallar bilan ifloslangan qishloq xo‘jaligi tuproqlarini in situ tozalash ekologik xavfsiz texnologiyalari; og‘ir metallarning biokirishuvchanligi va toksikligini kamaytirish, ularning yer osti suvlariga migratsiyasini oldini olish; ko‘p funksiyali («intellektual») mikrobiologik preparatlar yaratish.

Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq va suv obyektlarini bioremediatsiya qilish: uglevodorodlarni yuqori darajada parchalovchi mikroorganizmlar va konsorsiumlarni ajratish, identifikatsiyalash hamda biopreparatlar yaratish.

Sanoat (tog‘-metallurgiya, chorvachilik, to‘qimachilik) va kommunal-maishiy oqava suvlarni biologik tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish.

Qishloq xo‘jaligi va sanoatning ko‘p tonnajli chiqindilarini (fosfogips, bijg‘itish va to‘qimachilik chiqindilari) biologik konversiya qilib, biologik yem, organo-mineral va biologik o‘g‘itlar, biopestitsidlar olish.

 

Laboratoriyada amalga oshirilgan loyihalar:

  1. I-5-FA-0-23897. «Mikrozim-2» biopreparatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ishlab chiqarish va paxta yetishtirishda qo‘llash. 2014–2015-yy. (innovatsion loyiha).

  2. DITD FA-A-9 T110. Fitopatogenlar hujayra devorini parchalovchi mitseliyali zamburug‘lar gidrolitik fermentlari preparatlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish. 2015–2017-yy.

  3. FA-I-QX-2018-114. Bentonit gillari yordamida kapsulalangan urug‘lar yaratish va paxta ishlab chiqarishga joriy etish. 2018–2019-yy.

  4. IK-I-FA-2017-5-8. Sellyulozali chiqindilar va go‘ngni fermentativ kompostlash orqali qo‘ziqorin (Agaricus bisporus) yetishtirish. 2017–2019-yy.

  5. «Startap» loyiha № S-ChF-13 (17.06.2019). «Mikrozim» turkumidagi enzimli organik o‘g‘it ishlab chiqarishni tashkil etish va qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish. 2019–2021-yy.

  6. A-FA-2021-123. Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda tuproq unumdorligini tiklash, hosildorlikni oshirish va kasalliklarni oldini olishda ekologik xavfsiz biopreparatlar va ularning kompozitsiyalarini qo‘llashning yangi agrotexnologiyalari. 2021-y.

  7. A-FA-2021-288. Tuproq unumdorligini tiklovchi va toksik elementlarni parchalovchi foydali mikroorganizmlar guruhi asosida kompleks ta’sirli yangi avlod biopreparatlarini yaratish. 2021–2024-yy.

  8. № 17/2023. Sho‘rlangan tuproqlarni mikroorganizmlar yordamida bioremediatsiya qilish (xalqaro loyiha). 2023-y.

  9. Xalqaro loyiha. FL-7923051836. «Alyuminiy yuzasida kompozitsion oksid qoplamaning mikrobiologik obyektlar uchun istiqbolli sorbent hamda modifikatsiyalangan ajralish xususiyatiga ega material sifatida strukturasi va fazaviy tarkibini optimallashtirish» (loyiha rahbari) (2024–2026).

 

Patentlar:

  1. IAP 04887 (2014). Sho‘rga chidamli Azotobacter chroococcum N1 bakteriya shtammi — indolil-3-sirka kislotasi va gibberellinlar produtsenti (g‘o‘za va bug‘doy uchun).
  2. IAP 20180621 (17.12.2018). Azospirillum brasilense UT13-1 shtammi — bug‘doy, g‘o‘za va sholi hosildorligini oshirish hamda ularni fitopatogenlardan himoya qilish vositasi.
  3. IAP 2019 0295 (10.07.2019). Bacillus thuringiensis 94 shtammi — Lymantria dispar va Helicoverpa armigera ga qarshi insektitsid faollikka ega.
  4. IAP 2021 0600 (13.12.2021). Bacillus thuringiensis 91 shtammi — Aphis gossypii ga qarshi insektitsid faollikka ega.
  5. IAP 2023 0307 (23.05.2023). Pseudomonas aeruginosa 18 shtammi — tuproq va suv havzalarini og‘ir metall ionlaridan (nikel va kadmiy) tozalash, fosfatlarni solyubilizatsiya qilish va bug‘doy o‘sishini rag‘batlantirish vositasi.
  6. «Mikrozim-1» guvohnomasi: № 1 A 367, № S 2388, ro‘yxat № 5.11.102, № 5.11.274.
  7. «Mikrozim-2» guvohnomasi: № 1 A 368, № 1 S 2389, ro‘yxat № 5.11.103, № 5.11.275.
  8. GenBank xalqaro ma’lumotlar bazasi (NCBI): Streptomyces rochei strain N4 — № OQ918226; Pseudomonas aeruginosa 18 — № OQ932917; Enterobacter ludwigii 11 — № OQ932957; Enterobacter cloacae 5 — № OQ932923; Bacillus paralicheniformis 10K — № OR885322; Bacillus atrophaeus 17K — № OR885340.
  9. «Oddiy veshenka qo‘ziqorinini yetishtirish usuli». O‘zbekiston Respublikasi patenti, IHDP9700559-1, 1998-yil.
  10. «Oddiy veshenka qo‘ziqorinidan (Pleurotus ostreatus) peroksidaza olish usuli». O‘zbekiston Respublikasi patenti, IHDP 9800467.1, 1998-yil.
  11. «Topinamburdan fruktoza siropi olish usuli». O‘zbekiston Respublikasi patenti, IAP2003.0518, 2003-yil.
  12. «α-amilaza “Zaxsubin” ferment preparati produtsenti Bacillus subtilis 7A ni yetishtirish uchun ozuqa muhiti». Patent, IAC-2003.0958, 2003-yil.
  13. «Inulin va fruktooligosaxaridlar olish usuli». O‘zbekiston Respublikasi patenti, № IAP 05031, 2015-yil.
  14. IAP 06366-sonli patent, 17.11.2020. «Aspergillus terreus Thom Uz CF-461 zamburug‘ shtammi — fitopatogenlar hujayra qobig‘i polisaxaridlari, sanoat va o‘simlik chiqindilarini gidroliz qilish uchun gidrolitik fermentlar kompleksi produtsenti», 2021-yil.
ЗАКАЗАТЬ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
ЗАКАЗАТЬ ПО АКЦИИ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
ЗАБРОНИРОВАТЬ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Ресурс 4bgpdvl
Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent,
A. Qodiriy ko'chasi 7B
Mikroorganizmlarning biologiyasi va biotexnologiyasi, mikroorganizmlarning xalq xo'jaligida qo'llanilishi.
Наш адрес
Москва, Рязанский пр., 15
Москва, Рязанский пр., 15
Мы доступны 24/7
Наши соц. сети
/
4
/
4
ЗАКАЗАТЬ КОНСУЛЬТАЦИЮ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена