Laboratoriya 2020 yilda “Molekular biologiya” nomi bilan tashkil bo‘lgan. Laboratoriyada 1 ta akademik, 2 ta fan doktori, 1 ta fan nomzodi va 8 ta tayanch doktorant faoliyat olib boradi. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun laboratoriyada 70 dan ortiq zamonaviy uskunalar mavjud. 2026 yil laboratoriya xodimlari tomonidan 10 dan ortiq Scopus va WoS bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar, indeksatsiyalanuvchi xorijiy jurnallarda 6 tadan ortiq hamda 10 ga yaqin maxalliy jurnallarda maqolalar chop etishgan.
Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishlari:
Fitopatogenlar bionazorati laboratoriyasi oziq-ovqat uchun muxim ekinlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya va zamburug‘larni tur identifikatsiyasi, tarqalish ekologiyasi, virulentligi, morfologiyasi, fiziologiyasi va molekular genetik xususiyatlarini o‘rganadi. Bundan tashqari, ushbu fitopatogenlarga qarshi samarali biologik mikroorganizmlarni skrining qilish, biotexnologik potensialini o‘rganish va ular asosida faol mikrobiopreparatlar ishlab chiqish ishlanmasi yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib byuoradi.
Laboratoriyada amalga oshirilgan loyihalar:
1. A-ФА-2021- 468 «Polietilen parchalovchi mikroorganizmlarni ajratib olish va ularning ayrim genetik xususiyatlarini taxlil qilish» amaliy loyiha. 2022-2024 yillar.
2. IL-402104392-sonli “Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub sabzavot ekinlarining asosiy zamburug‘ va bakterial kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni o‘rganish va ularga qarshi biopreparat yaratish” amaliy loyiha.2022-2023 yil.
3. ПЗ-202102234 “O‘simliklarning o‘sishini va bioo‘g‘itlarni faollashtiruvchi zararsiz bakterial insektitsidlar ishlab chiqarish biotexnologiyasini yaratish” amaliy loyiha. 2022-2024 yillar.
4. T-FA-2021-196 “Fitobiosol biopreparatini tijoratlashtirishga tayyorlash”. Tijoratlashtirish loyihasi. 2021 yil.
5. A-FA-2021-428Hozirgi Orol va Orolbo’yi hududi mikrob majmualari: xilma-xilligi, xususiyatlari va biotexnologik istiqbollari”. Fundamental loyihasi. 2021-2024 yy.
6. FL-8323102128 “O’zbekistonning turli ekologik kesimlari va biologik tizimlari mikrobiomi” Fundamental loyihasi. 2024-2028 yy.
7. AL-9524115068 “Global iqlim oʻzgarish sharoitida yangi turdagi mikrobiologik preparatlar qoʻllash va ishlatishning texnologiyasini ishlab chiqish”. Amaliy loyiha. 2025-2027 yy.
Patentlar:
1. Patent: Xalilov I.M., Sultanov R. A., Muxsimov N.P., Xujaev O.T., Shakirov Z.S., Kadыrova G.X. Shtamm Bacillus thuringiensis 94 obladayuщiy insektitsidnoy aktivnostyu protiv neparnogo shelkopryada (LYMANTRIA DISPAR) i xlopkovoy sovki (HELICOVERPA ARMIGERA). IAP 06806. 31.03.2022.
2. Patent: Xalilov I. M., Azimova N. Sh., Qobilov F. B., Mardonov I. H., Nazirov M. M., Shakirov Z. S., Kadirova G. X., Davranov K., Abdullaev A. K., Normamatova F. S. G‘o‘za bitiga (yoki poliz bitiga, aphis gossypii) va o‘rgimchakkanaga (Tetranychus urticae) qarshi insektitsid faollika ega Bacillus thuringiensis 91 shtammi. № IAP 7884. 10.12.2024.
3. Patent: Xalilov I. M., Davranov Q., Abdullaev A. K., Bababekov Q., Anorbaev A. R., Alamuratov R. A. Kolorado ko‘ng‘izi lichinkalari (leptinotarsa decemlineata) va boshqa zararkunanda hasharotlarga qarshi insektoakaritsidlik faollikka ega Bacillus thuringiensis 26/1 shtammi. IAP 7790. 2024 yil.
4. Patent raqami 2835165 (Rossiya Federatsiyasi). Ureaza va kalsifikatsiya qiluvchi faollikka ega Bacillus licheniformis BHa 36-R bakterial shtammi, tsement yoki beton asosidagi qurilish materiallarining funktsional xususiyatlarini yaxshilash va ekzopolisaxaridlar ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Sergey Nikolaevich Gavrilov (RU), Sergey Vladimirovich Kalenov (RU), Qahramon Davranov (UZ), Kseniya Valentinovna Kondrasheva (UZ), Alimardon Akmal Ugli Umruzoqov (UZ), Rufina Azamatovna Suyarova (UZ). 2025.
5. Patent № IAP 7651. Kompleks bioorganik o‘g‘itni olish usuli. Pulatov Timur Xakimovich, Atabekov Xurshidbek Tulkinovich, Davranov Kaxramon Davranovich. 2024.
6. Patent № IAP 07354. Kompleks biologik o‘g‘it olish usuli. Davranov K.D., Umruzoqov A.A., Abdusamatov S.A., Alimov J.E., Alikulov B.S. 2023.
7. Patent № IAP 06609. Bug‘doy, g‘o‘za va sholining hosildorligini oshirish va ularni fitopatogenlardan himoya qilish vositasi sifatida Azospirillum brasilense UT13-1 shtammi. Shakirov Z.S., Kadirova G.X., Abdullaev A.K., Davranov K.D. 2021.
8. Patent № IAP 06549. Yuqori faollikka ega issiqlikka bardoshli α-amilaza hosil qiluvchi Bacillus subtilis NK-16 (GenBank № MH177822) bakteriya shtammi. Normuradova Q.T., Davranov Q., Shurыgin V.V. 2021.
9. Patent № IAP 06317. Biogaz olish usuli. Davranov K., Shurыgin V.V., Alikulov B.S., Eshonkulov O.D. 2020.
10. Patent № IAP 06324. Epifit bakteriyalarni o‘stirish uchun ozuqa muhitining tarkibi. Davranov K., Shurыgin V.V., Mammadiev A.X., Turabaev A.N., Ruzimova X.K. 2020.
11. Patent raqami IAP 05272. No'xat urug'larini ekishdan oldin ishlov berish vositasi// Shurygin V.V., Davranov K., 2016.
12. Patent raqami IAP 05192. Bug'doyni oddiy Tilletia caries dan himoya qilish preparati// Davranov K., Liang Yu.V., T.X. Buriyev, A. Mammadiev, Shurygin V.V. 2016.
13. Patent raqami IAP 05254. Sho'rlangan tuproqlarning unumdorligini oshiradigan biopreparat olish uchun bakteriyalar assotsiatsiyasi// Murodova S.S., Gafurova L.A., Fayzullaev B.A., Khuzhanazarova M.K., Davranov K. 2016.
14. Azimova N.Sh., Karimov X.X., Xamidova X.M., Zuxritdinova N.Yu. Silos uchun boshlang'ich va ozuqa qo'shimchasi sifatida foydalanish uchun biopreparat // Patent. No FAP 02059, 2022 yil 29 avgust.
15. Azimova N.SH., Xamidova X., Karimov H.X., Xalilov I.M., Xaytbayeva N.S., Qobilov F.B., Nazirov M.M., Mardonov I.H. Qishloq xo'jaligi o'simliklarini fitopatogen zamburug‘lardan himoya qilish uchun Bacillus safensis FVPP 3/11 shtammi // Patent. № IAP 8509, 17.04.2026.