Axmedova Zaxro Raxmatovna
Laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori, professor
Professor Ahmedova Zahro Rahmatovna — mikrob biotexnologiyasi, qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi va ekologiya sohasi mutaxassisi. 1999-yilda bazidiyali zamburug‘larning sellyulolitik, ksilanolitik va ligninolitik fermentlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yildan laboratoriyaga rahbarlik qiladi. Ilmiy faoliyati pestitsidlar, og‘ir metallar va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq va suvlarni bioremediatsiya qilish, «Mikrozim» turkumidagi biopreparatlarni yaratish va joriy etishga bag‘ishlangan. 560 dan ortiq ilmiy ish muallifi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi.
Kadirova Gulchehra Xakimovna
Yetakchi ilmiy xodim, biologiya fanlari doktori, professor
Рrofessor Kadirova Gulchehra Xakimovna — mikrobiologiya, virusologiya, ekologiya va biotexnologiya sohasi mutaxassisi. 2018-yilda «Ekstremal sharoitlarda azot fiksatorlovchi sianobakteriyalarning biologik xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tadqiqotlari sho‘rlangan tuproqlarda sianobakteriyalarning funktsiyalanishi, og‘ir metall ionlariga chidamli tuproq bakteriyalari, fosfat solyubilizatsiyasi va o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi shtammlar yaratishga qaratilgan. 150 dan ortiq nashr va bir qator patentlar muallifi. №11 904, А-7-064, A-FA-2021-288 raqamli davlat loyihalari rahbari hamda bir nechta ilmiy jurnallar tahririyat hay’ati a’zosi hisoblanadi. "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
Xusanov Tohir Sunnatovich
Katta ilmiy xodim, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Xusanov Tohir Sunnatovich — mikrobiologiya, virusologiya, mikrob ekologiyasi, biotexnologiya va o‘simliklar fiziologiyasi bo‘yicha mutaxassis. 2020-yilda beda mozaika virusi va uning zararlangan o‘simliklardagi fiziologik jarayonlarga ta’siri bo‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. «Sho‘rlangan tuproqlarni mikroorganizmlar yordamida bioremediatsiya qilish» xalqaro loyihasi rahbari. 40 dan ortiq nashr, ikkita monografiya va patent arizasi muallifi. FA-I-QX-2018-114 va IK-I-FA-2017-5-8 loyihalari ijrochisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Yahyayeva Munavvar Abduqahhorovna
Kichik ilmiy xodim
Yahyayeva Munavvar Abduqahhorovna mikroskopik zamburug‘larning proteolitik fermentlari va mikroorganizmlarning gidrolitik faolligini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Aspergillus oryzae-5 zamburug‘i proteazalari xususiyatlari, pestitsidlar bilan ifloslangan tuproqlarning mikrob manzarasi va turli suv manbalarining sanitariya-gigiyenik holatini baholash bo‘yicha ilmiy ishlar muallifi. Laboratoriyaning bioremediatsiya yo‘nalishidagi tajribalarida faol ishtirok etadi. Ozuqa muhitlarini tanlash, shtammlarni ajratish va ularning fermentativ faolligini baholash ishlarini bajaradi; tadqiqot natijalari respublika va xalqaro konferensiyalarda ma’ruza qilingan.
Begaliyev Temurbek Azamat o‘g‘li
Kichik ilmiy xodim
Begaliyev Temurbek Azamat o‘g‘li laboratoriyaning ifloslangan tuproq va suv obektlarini bioremediatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlarida ishtirok etadi. U zamonaviy mikrobiologik usullarni o‘zlashtirmoqda, katta ilmiy xodimlarning tadqiqotlariga ko‘maklashmoqda, shuningdek, tajriba natijalarini qayta ishlash va ilmiy adabiyotlarni izlashda qatnashmoqda.