"Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi" laboratoriyasi 19 -yilda tashkil etilgan, laboratoriya ilmiy faoliyati turli ekologik toza manbalardan sut achituvchi bakteriyalarni ajratib olish, ularni xossalarini o'rganish, skrining qilish va probiotik xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat. Laboratoriya kolleksiyasida sog'lom go'daklar ichak mikroflorasidan, sutdan, sut maxsulotlaridan va chorva mollaridan, yangi tug'ilgan buzoqlarning ichak mikroflorasidan, baliqlardan va yosh parrandalardan ajratib olingan probiotik bakteriyalar kolleksiyasi mavjud. Laboratoriyaning asosiy yo'nalishi mahalliy probiotik bakteriyalar asosida oshqozon-ichak kasalliklarini (turli xil etiologiyali disbakteriozlarni, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, ichaklarning yallig'lanish kasalliklari, onkologik kasalliklarni qo'llab-quvvatlovchi davolashda) oldini oluvchi va davolovchi xususiyatlarga ega yangi biologik preparatlar, mahsulotlar yaratishdan iborat.
Laboratoriyada olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida mahalliy probiotik bakteriyalar asosida farmasevtika yo'nalishi bo'yicha "Laktopropioniks" va "Laktopropolis", "Probiokolit" preparatlari yaratilgan. Shuningdek chorvachilikda qoramollarni davolashda (sigirlar va buzoqlar) davolashda laktobakteriyalarning mahalliy shtammlaridan foydalanish joriy etilgan, silos va senaj qilishda probiotiklar asosida yaratilgan "Imbiokon" biopreparatini qo'llash hamda parrandachilikda tovuqlarni etishtirishda xavf soluvchi bakterial kasalliklarni oldini oluvchi va davolovchi, immunitetini oshiruvchi antagonistik xususiyatga ega "Baktovit" va "Probiokorm"probiotikli ozuqa qo'shimchalari yaratilgan.
Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishi:
- Mikrobiologiyada umum qabul qilingan klassik, zamonaviy genetik va biokimyoviy usullar asosida probiotik mikroorganizmlarni ajratish, differentsiyalash va identifikasiya qilish;
- Mahalliy probiotik bakteriya shtammlarining patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob hamda bakteriosinogen faolligini aniqlash, skrining qilish;
- Probiotik bakteriyalar asosida odam oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini oldini oluvchi hamda davolovchi xususiyatga ega biologik mahsulotlar, preparatlar yaratish;
- Probiotik bakteriyalarning chorvachilikda (silos va senaj), parrandachilikda (vitamin va oqsilli BFQ) va qishloq xo'jaligida (biostimulyatorlar) istiqbolli xususiyatlarini aniqlash hamda yangi turdagi biologik preparatlar yaratish;
Laboratoriya mudiri
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Katta ilmiy xodim
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Katta ilmiy xodim
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Ixtiro va rasionalizatorlik takliflar
№FAP 01493 Кутлиева Г.Дж, Элова Н.А.
Состав закваски для консервации кормов из трав и силосных культур
Mahalliy probiotik bakteriyalar asosida "IMBIOKON" biokonservanti turli em xashaklarni silos va senaj qilishda qo'llaniladi. Chet eldan olib kelinaetgan konservantlarni o'rnini qoplaydi. Ushbu biokonservant oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jalik hayvonlarini sog'liqini taminlashda juda katta ahamiyatga ega.
FAP № 01679
Кутлиева Г.Дж., Элова Н.А
Кормовая пробиотическая добавка для применения в животноводстве
"Baktovit" mahalliy ozuqaga em qo'shimchasi qishloq xo'jaligi hayvonlarini oziqlantirishda em antibiotiklarini o'rnini almashtirish va hazm tizimini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. Hayvonlarni sog'lig'ini yaxshilash, immunitetini ko'tarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
IAP 06944
Кутлиева Г.Дж., Камолова Х.Ф.Тураева Б.И.
Штамм Lactobacillus plantarum М-1, обладающий антиоксидантной и ростостимулирующей активностью, а также активностью против условно-патогенных бактерий и фитопатогенных грибов, для применения в сельском хозяйстве и животноводстве.
Ushbu shtamm asosida qishloq xo'jaligi, chorvachilik sohalari, farmasevtika uchun samarali biopreparatlarni ishlab chiqish imkoniyatlari mavjud. Ushbu shtamm 2 xil faol fitogormonlar, vitaminlar va aminokislotalar sinteziga ega bo'lib, asosida tayerlangan biologik preparatlar ekologik toza va samarador.
№ FAP 01512
Кутлиева Г.Дж., Элова Н.А.
Оптимизированная производственная питательная среда для культивирования лактобацилл, пропионовокислых бактерий, дрожжей и споровых бактерий
Ushbu oziqa muhiti juda ko'p isrof bo'ladigan sut zardobi asosida ishlab chiqilgan va qimmat chet el oziqa muhitlarini o'rnini almashtirdi. Hozirda barcha qishloq xo'jaligi, chorvachilik, farmasevtika sohalarida preparatlarni tayerlashda aynan shu oziqa muhitidan foydalanilmoqda va ishlab chiqarish uchun keng qo'llaniladi.
Loyihalar
Ilmiy safar (xar bir safar) a) safar maqsadi va qo'yilgan vazifalar b) safar xisoboti c) fotolavxalar d) moliyalashtirish
2023-yil 16-fevral kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimalari g.Qutlieva, B.Traeva va Qiziltepa tumani hokimining innovasion rivojlanish masalalari bo'yicha o'rinbosari O'. Mirzoev ishtirokida tuproq unumdorligini oshirish, tuproqqa biologik o'g'itlarni qo'llash va chorvachilik yo'nalishida olib borilayotgan yangi innovasiyalar hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan seminar-trening o'tkazildi. Shuningdek seminarda paxta-g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklarning rahbarlari o'rtasida g'alla parvarishida shu kecha-kunduzda qilinadigan muhim agrotexnik tadbirlar to'g'risida tegishli tavsiyalar berildi.
Turli ozuqabop va dag'al em-xashak ekinlaridan sifatli, ozuqaviy qiymati yuqori bo'lgan silos hamda senaj tayyorlashda samarador bo'lgan "IMBIOKON" biokonservanti
Ishlanmaning tavsifi
Chorvachilikda hayvonlardan olinadigan mahsulotlarning samaradorligi ozuqaning to'yimlilik darajasiga, shuningdek chorva mollaridan olinadigan mahsulotlar (sut, yog', go'sht va h.k.z.) ning sifati bevosita ular oziqlanadigan ozuqaning ozuqaviy qiymatiga bog'liq. Sifatli, to'yimlilik darajasi yuqori bo'lgan ozuqa tarkibida hayvon organizmida engil hazm bo'ladigan va oson o'zlashtiriladigan moddalar mavjud bo'lishi, mazali ta'mga ega hamda hayvon salomatligiga zararli ta'sir qiluvchi moddalardan holi bo'lishi kerak. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ozuqalarni (turli mahsulotlardan tayyorlangan emlar, silos va senaj) sifatli tayyorlash hamda qayta ishlashga e'tiborni qaratish zarur. Ozuqalarni turli probiotikli biokonservantlar bilan tayyorlash, ularni turli kasallik tarqatuvchi xavfli mikrofloradan tozalaydi, xavfsizligini ta'minlaydi va dunyo standartlariga mos keluvchi, to'yimlilik darajasi yuqori bo'lgan ozuqaviy qiymatga ega sifatli oziqalar tayyorlash imkonini beradi. Shuningdek Probiotikli biokonservantlar xavfli mikroflora hosil qiladigan mikotoksinlardan himoyalaydi va ozuqada oqsil, almashinmaydigan aminokislotalar, vitaminlar hosil bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasida foydali mikroflora balansi ortadi va ularning faoliyati sog'lomlashadi, mahsuldorligi, sut va go'sht miqdori ortadi.
Qo'llanilish sohasi:
Qishloq xo'jaligi va chorvachilik yo'nalishlarida qo'llaniladi. Cho'l hududlarida lalmi holatda etishtirilgan dag'al em xashak ekinlarini biokonservasiyalashda ishlatiladi.
Asosiy texnik-texnologik ko'rsatkichlari:
Silos va senaj sifatini yaxshilaydi;
Silos va senajning erta etilishi ta'minlaydi;
Silos va senajni patogen va shartli patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi;
Iqtisodiy samaradorlik:
"IMBIOKON" biokonservantining anologi mavjud emas, biokonservant ta'sirida silos yoki senajning xavfsizligi ta'minlanadi, chirish yoki mog'orlash natijasida yo'qotilayotgan miqdor saqlab qolinadi. Chirish va mog'orlashning oldi olinadi. Respublikamizda biokonservantlar turlari faqat chet mamlakatlardan (Evropadan) import qilinadi. IMBIOKON biokonservanti 2021 yilda Davlat veterinariya qo'mitasida ro'yxatdan o'tkazilgan. "IMBIOKON" biokonservanti O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining № FAP 01493 raqamli patenti bilan himoyalangan.
Ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolovchi xususiyatiga ega "ProbioKolit" biologik faol qo'shimchasi
Ishlanmaning tavsifi
Hozirgi kunda butun dunyo bo'yicha dolzarb muammolardan biri bo'lgan ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda ichak yallig'lanish kasalliklari, onkologik kasalliklar kabi Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinishiga qaramasdan kasallanish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda. Ichak yallig'lanish kasalliklari juda og'ir asoratlarga olib keladi va ichak saratoni kasalligining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Shu bois bunday og'ir kechadigan kasalliklarni oldini olish va davolash chora tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. "ProbioKolit" probiotikli biologik faol qo'shimchasi aynan xavfsiz samaradorligi yuqori va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. "ProbioKolit" biologik faol qo'shimchasi antimikrob, tiklovchi va inson immun tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash uchun bemorlarga tavsiya etiladi.
Qo'llanilish sohasi:
Farmasevtika va tibbiyotda qo'llaniladi. Yo'g'on ichak yarali kolit kasalligining oldini olishda va davolashda ishlatiladi.
Asosiy texnik-texnologik ko'rsatkichlari:
Ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
Ichak tizimida sog'lom mikrob balansini tiklaydi;
Ovqat hazm qilish tizimida va ichaklarda shamollashni oldini oladi;
Yarali kolit kasalligini oldini oluvchi va davolovchi xususiyatga ega;
Rasm. «ProbioKolit» biologik faol qo'shimchasi
Iqtisodiy samaradorlik:
"IMBIOKON" biokonservantining anologi mavjud emas, biokonservant ta'sirida silos yoki senajning xavfsizligi ta'minlanadi, chirish yoki mog'orlash natijasida yo'qotilayotgan miqdor saqlab qolinadi. Chirish va mog'orlashning oldi olinadi. Respublikamizda biokonservantlar turlari faqat chet mamlakatlardan (Evropadan) import qilinadi. IMBIOKON biokonservanti 2021 yilda Davlat veterinariya qo'mitasida ro'yxatdan o'tkazilgan. "IMBIOKON" biokonservanti O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining № FAP 01493 raqamli patenti bilan himoyalangan.
Ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolovchi xususiyatiga ega "ProbioKolit" biologik faol qo'shimchasi
Ishlanmaning tavsifi
Hozirgi kunda butun dunyo bo'yicha dolzarb muammolardan biri bo'lgan ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda ichak yallig'lanish kasalliklari, onkologik kasalliklar kabi Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinishiga qaramasdan kasallanish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda. Ichak yallig'lanish kasalliklari juda og'ir asoratlarga olib keladi va ichak saratoni kasalligining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Shu bois bunday og'ir kechadigan kasalliklarni oldini olish va davolash chora tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. "ProbioKolit" probiotikli biologik faol qo'shimchasi aynan xavfsiz samaradorligi yuqori va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. "ProbioKolit" biologik faol qo'shimchasi antimikrob, tiklovchi va inson immun tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash uchun bemorlarga tavsiya etiladi.
Qo'llanilish sohasi:
Farmasevtika va tibbiyotda qo'llaniladi. Yo'g'on ichak yarali kolit kasalligining oldini olishda va davolashda ishlatiladi.
Asosiy texnik-texnologik ko'rsatkichlari:
Ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
Ichak tizimida sog'lom mikrob balansini tiklaydi;
Ovqat hazm qilish tizimida va ichaklarda shamollashni oldini oladi;
Yarali kolit kasalligini oldini oluvchi va davolovchi xususiyatga ega;
Iqtisodiy samarodlik:
AQSh davlatida qiyosiy analogi 60-120$ sotiladi. Mahalliy "ProBioKolit" biologik faol qo'shimchasinining tan narxi import qilinayotgan analogining tan narxidan (7 barobar, 86 %) ga arzon turadi. "ProbioKolit" biologik faol qo'shimcha 2021 yilda Sog'liqni saqlash vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan va ishlab chiqarishga ruxsatnoma olingan. Import o'rnini bosuvchi mahalliy mahsulot hisoblanadi. Analoglaridan tarkibida probiotik shtammlarning assosiativligi bilan farqlanadi.
"ProBioKorm" probiotikli ozuqa qo'shimchasi
Ishlanmaning tavsifi
Mahalliy probiotik ozuqa qo'shimchalari organizmga zararli bo'lgan turli antibiotiklar o'rnini bosa oladi, antagonistik ta'sirga ega, probiotiklarning faol ta'sirida fitopatogen zamburug'lar hamda bakteriyalar yo'qoladi. Veterinariyaning barcha sohalaridagi hayvonlar uchun juda zaharli bo'lgan mikotoksinlarni yo'qotadi. Hayvonlarning vitaminlar, aminokislotalar, va oqsillarga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Ozuqa tarkibini sintezlagan biologik faol moddalar bilan boyitadi. Hayvonlarning immunitetini oshiradi, immun tizimi faoliyatini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, oshqozon ichak tizimini foydali mikroflora bilan boyitadi.
Natijada hayvonlarning mahsuldorligi oshadi. Yangi turdagi "ProBioKorm" ko'p komponentli ozuqa qo'shimchasi probiotiklarning mahalliy shtammlari asosida yaratilgan va ko'p funktsional xususiyatlarga ega. (Hayvonlarning ozuqa qiymatini va mahsuldorligini oshirish, mikroblarga qarshi faollik, immunomodulyator, oqsil, ferment, vitamin bilan ta'minlash va h.k.z). "ProBioKorm" probiotik ozuqa qo'shimchasi O'zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi ro'yxatiga kiritilgan.
Qo'llanilish sohasi:
Chorvachilikning barcha sohalari (chorvachilik, qoramol, yilqichilik, qo'y-echkichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik) veterinariya sohalari.
Asosiy texnik-texnologik ko'rsatkichlari:
Yem tarkibini vitaminlar, aminokislotalar bilan boyitadi;
Hayvonlarning (go'sht, sut) mahsuldorligini oshiradi;
Hayvonlarning immunitetini oshiradi;
Ovqat hazm qilish tizimini faol va foydali mikroflora bilan boyitadi;
Ovqat hazm qilish tizimida paydo bo'ladigan kasalliklarni oldini oladi va davolaydi.
Iqtisodiy samaradorlik:
"ProBioKorm" probiotikli ozuqa qo'shimchasining analogi mavjud emas, chet mamlakatlaridan keltirilayotgan analoglaridan 50% tan narxining arzonligi bilan farqlanadi. "Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi" laboratoriyasi tomonidan "ProBioKorm" ga Ts 03535533-011:2021 standart ishlab chiqilgan, O'zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi veterinariya dori vositalari, ozuqa qo'shimchalari sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi tomonidan tasdiqlangan. "ProBioKorm" probiotik ozuqa qo'shimchasining TI 03535533-011:2021 raqamli texnologik yo'riqnomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. "ProBioKorm" probiotik ozuqa qo'shimchasining suyuq shakli uchun VP 0996-21. № 000996 raqamli guvohnoma; "ProBioKorm" probiotik ozuqa qo'shimchasining quruq shakli uchun VP 0997-21, № 000997 raqamli guvohnoma olingan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. "ProBioKorm" probiotik ozuqa qo'shimchasiga xavfsizligini aniqlash va tasdiqlash uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi "veterinariya dori vositalari, ozuqa qo'shimchalari sifati va muomalasini nazorat qilish" davlat ilmiy markazi laboratoriyasiga taqdim qilingan.