O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy loyihalar hamda xalqaro hamkorlik doirasidagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Xususan, tayanch doktorant Saidova Iroda Mirdjamalovnaning “Biosurfaktant ishlab chiqaruvchi sut achituvchi bakteriyalar skriningi, biosintez sharoitlarini optimallashtirish va olingan biosurfaktantni tavsiflash” mavzusidagi ilmiy ishi hamda Xazratkulova Mohira Irgash qizining “Probiotik mikroorganizmlarning semizlik bilan bog‘liq ayrim buzilishlarni modulyatsiyalovchi ta’siri” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston–Belarus qo‘shma ilmiy loyihalari, ilmiy-tadqiqot faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari hamda boshqa dolzarb masalalar o‘rin oldi.
Muhokamalar davomida ilmiy ishlarning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tadqiqotlarning amaliy ahamiyati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabgorlar tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan berilgan savollarga javoblar taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Saidova Iroda Mirdjamalovna va Xazratkulova Mohira Irgash qizining ilmiy ishlari muhokamadan muvaffaqiyatli o‘tkazilib, tegishli keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Ilmiy kengash yig‘ilishi doirasida bildirilgan taklif va tavsiyalar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.