Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ilk marotaba Fanlar akademiyasi tizimidagi qator ilmiy tashkilotlarning direktorlik lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazildi.
Tanlov jarayonida nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi, rahbarlik qobiliyati hamda ilmiy tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan dastur va takliflari inobatga olindi.
Bugun, 2026-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Turdikulova Shaxloxon Utkurovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Shaxloxon Utkurovna tanlov natijalarini institut jamoasiga yetkazib, Miralimova Shahlo Mirjamalovnani Mikrobiologiya instituti direktori lavozimiga saylangani bilan samimiy tabrikladi.
Institut jamoasi Miralimova Shahlo Mirjamalovnani ushbu mas’uliyatli lavozim bilan muborakbod etib, uning rahbarligida institut ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar va muhim natijalarga erishilishiga ishonch bildiradi.
Miralimova Shahlo Mirjamalovnaga yangi lavozimida mustahkam iroda, samarali faoliyat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!