2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.В.21.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Amirsaidova Dildora Aminjanovnaning “Sut kislotali bakteriyalar tonzillit qo‘zg‘atuvchilariga antagonist sifatida” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Muhokama davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalari hamda ularning ilmiy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabgor tomonidan tadqiqot natijalari bo‘yicha berilgan savollarga javoblar taqdim etildi.
Seminar yakunlariga ko‘ra, Amirsaidova Dildora Aminjanovnaning dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli muhokamadan o‘tkazilib, PhD ilmiy darajasini olish uchun keyingi bosqichga tavsiya etildi.