Bosh sahifa/Новости/Mikrobiologiya instituti olimlari WDCM-2026 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar

Mikrobiologiya instituti olimlari WDCM-2026 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar

Joriy yilning 22–23-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida mikroorganizmlar bo‘yicha xalqaro ma’lumotlar markazi — World Data Centre for Microorganisms (WDCM) tomonidan tashkil etilgan “World Data Centre for Microorganisms 2026 International Annual Conference (WDCM-2026)” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2_7456185

Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining bir guruh olimlari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Jumladan, akademik Q. Davranov, biologiya fanlari doktori I.M. Xalilov, biologiya fanlari nomzodi R.N. Jo‘rayeva, DSc N.A. Rustamova, PhD B.I. To‘rayeva hamda tayanch doktorant A. Umrizoqov konferensiya doirasida o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etdilar.

99abcd6a4b58127ea9c5b426a35f05dc

Konferensiya mikrobiologik kultura kolleksiyalari, bioinformatika, ma’lumotlar ilmi va turdosh yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni bir platformaga jamladi. Tadbir davomida mikroorganizmlar haqidagi ma’lumotlarni saqlash, raqamlashtirish, tahlil qilish va xalqaro miqyosda almashishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

LW2A0666

Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari qatoridan quyidagilar o‘rin oldi:

  • mikrobiologiyada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish;
  • raqamli sekvensirlash ma’lumotlarini tahlil qilish va almashish;
  • zamonaviy biobanklar va mikrob kolleksiyalarini boshqarish;
  • mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishning ilg‘or usullari;
  • sekvensirlash texnologiyalari va bioinformatik tahlil;
  • biologik ma’lumotlarni samarali boshqarish va integratsiya qilish;
  • mikrobiologiya sohasida ilmiy va texnik salohiyatni oshirish;
  • global biobanklar va mikroorganizmlar kolleksiyalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

LW2A1196

Mikrobiologiya instituti olimlarining mazkur xalqaro konferensiyada ishtirok etishi O‘zbekistonda mikroorganizmlar kolleksiyalarini rivojlantirish, zamonaviy genomik va bioinformatik texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish borasidagi muhim qadamlardan biridir.

2_6408313


Shuningdek, konferensiya doirasidagi ilmiy muloqotlar va tajriba almashinuvi Institut mutaxassislariga mikroorganizmlar haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish, zamonaviy bioinformatik yondashuvlardan foydalanish va xalqaro ma’lumotlar bazalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.


 

ЗАКАЗАТЬ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
ЗАКАЗАТЬ ПО АКЦИИ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
ЗАБРОНИРОВАТЬ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Скрытое поле:
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Ресурс 4bgpdvl
Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent,
A. Qodiriy ko'chasi 7B
Mikroorganizmlarning biologiyasi va biotexnologiyasi, mikroorganizmlarning xalq xo'jaligida qo'llanilishi.
Наш адрес
Москва, Рязанский пр., 15
Москва, Рязанский пр., 15
Мы доступны 24/7
Наши соц. сети
/
4
/
4
ЗАКАЗАТЬ КОНСУЛЬТАЦИЮ
Заголовок формы
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена