O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Shodiyeva Dildora G‘iyosovnaning «Ba’zi mahalliy endofit achitqilarining pulxerrimin sintez qilish qobiliyati va biokontrol salohiyati» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishiga biologiya fanlari doktori Abdulyamyanova Liliya Ilyasovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktor o‘rinbosari, yetakchi ilmiy xodim ilmiy rahbarlik qilgan.
Muhokamada dissertatsiya ishiga tayinlangan taqrizchilar – biologiya fanlari doktori, professor Sasmakov Sobirjon Anarmatovich, O‘simlik moddalari kimyosi instituti “Tibbiy kimyo” laboratoriyasi mudiri hamda biologiya fanlari nomzodi Azimova Nodira Shoim qizi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti “Fitopatogenlar bionazorati” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi tomonidan bildirilgan fikr va xulosalar ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, mahalliy endofit achitqilarining pulxerrimin sintez qilish xususiyatlari va ularning biologik nazoratdagi imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabgor tomonidan berilgan savollarga javoblar tinglandi.
Muhokama yakunlari asosida Shodiyeva Dildora G‘iyosovnaning mazkur dissertatsiya ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.