Ilm-fanga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalar va ilmiy infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar o‘zining amaliy natijalarini bera boshlamoqda.
Quvonch bilan ma’lum qilamizki, tadqiqotimiz natijalari asosida tayyorlangan “Draft Genome Data of Pediococcus acidilactici strain AP1 isolated from Common carp (Cyprinus carpio)” maqolasi Elsevier nashriyotining xalqaro Data in Brief jurnalida chop etish uchun qabul qilindi.
Tadqiqot doirasida Illumina MiSeq i100 Series zamonaviy NGS platformasidan foydalanib, mikroorganizmlarning genomik ma’lumotlari olindi. Ushbu uskuna O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan holda xarid qilingan bo‘lib, uning imkoniyatlari bugungi kunda real ilmiy tadqiqotlarda samarali qo‘llanilmoqda.
Bu esa zamonaviy ilmiy uskunalarga kiritilgan investitsiyalarni xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga aylantirish mumkinligining amaliy namunalaridan biridir.
WGS - tadqiqotning yakuni emas, balki yangi tadqiqotlarning boshlanishidir.
Hozirda olingan genomik ma’lumotlar asosida Genome Mining yo‘nalishidagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Jumladan, mikroorganizmlar genomlaridan:
- insecticidal genes
- antimicrobial compounds
- secondary metabolites
- biosynthetic gene clusters (BGCs)
- industrial enzymes
- boshqa biofaol molekulalarni kodlovchi genlar
aniqlanib, ularning funksional xususiyatlari hamda biotexnologik imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Bugungi maqola - bu yo‘lning yakuni emas. Bu hali boshlanishi.
Genomik ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, yangi biofaol birikmalar va foydali genlarni aniqlash hamda ularni amaliy biotexnologik tadqiqotlarga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Biz uchun eng muhimi - yaratilayotgan ilmiy infratuzilma imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, zamonaviy uskunalarni ilmiy loyihalar bilan integratsiya qilish va ularni xalqaro darajadagi natijalarga aylantirishdir.
Ushbu tadqiqotlarni amalga oshirish uchun yaratilayotgan ilmiy-texnik imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Shuningdek, WGS va sekvenslash ishlarida ko‘rsatgan amaliy yordami uchun hamkasbimiz Yusupov Ulug‘bekka alohida tashakkur bildiramiz.
Bu hali boshlanishi. Oldinda yanada katta genomik tadqiqotlar, yangi kashfiyotlar va yangi ilmiy natijalar bor!