O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz munosib taqdirlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlarining ham ko‘p yillik samarali ilmiy faoliyati, biologiya fanining rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni bilan institutimizning quyidagi olimlari taqdirlandilar:
Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna — biologiya fanlari doktori, professor;
Mavjudova Aziza Madjidovna — biologiya fanlari nomzodi;
Maxsumxanov Axmadjan A’zamxanovich — biologiya fanlari nomzodi;
Pulatova Ozodaxon Mansurovna — biologiya fanlari nomzodi.
Ushbu yuksak e’tirof sohiblarining mamlakatimiz ilm-fani rivojiga, yosh olimlarni tarbiyalashga va ilmiy tadqiqotlar salohiyatini yuksaltirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti jamoasi taqdirlangan olimlarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaydi.