Agar-art nima?
Agar-art — bu Petri idishlarida ozuqaviy muhitda o‘stirilgan jonli mikroorganizmlardan yaratilgan san’at shakli. Cho‘tka o‘rniga — loop (mikroskopik halqa) va spatulyalar; bo‘yoq o‘rniga — bakteriya va zamburug‘ koloniyalari.
Har bir chizish jonlanib, o‘sadi, mikroskop ostida… va ko‘z o‘ngingizda rang-barang tasvirdagi san’at asariga aylanadi!
Qiziqarli fakt: bu noodatiy janr AQShdagi ilmiy laboratoriyalarda paydo bo‘lgan va tez orada butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Bugun agar-art — shunchaki eksperiment emas, balki tan olingan bio-san’at shaklidir.
“Agar Art 2025” tanlovi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti sizni mikrob san’atkori sifatida o‘z iqtidorlaringizni sinab ko‘rishga taklif etadi! Agar siz hech qachon Petri idishini ushlab ko‘rmagan bo‘lsangiz ham — biz sizga o‘rgatamiz.
Qanday ishtirok etish mumkin:
Ish mavjudmi? U holda uni tanlovga yuboring!
Ishtirok etish bo'yicha texnik talablar: AgarArt_UZ
Tajribangiz yo‘qmi? Olimlar rahbarligida o‘zingizning “jonli” rasmni yaratasiz— bu master-klassga tashrif buyuring.
⏱ Vorkshop davomiyligi — 2 soat. Barcha materiallar ta’minlangan.
Muddatlar:
Ro‘yxatdan o‘tish — 2025-yil 7-sentabrgacha
Ishlarni yuborish — 2025-yil 20-sentabrgacha
🏆 G‘oliblarni sovrinlar va diplomlar kutmoqda!
Eng yaxshi ishlanmalar Xalqaro ilmiy konferensiyada va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etiladi.
Qayerda: O‘zbekiston FA Mikrobiologiya instituti
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/6jaLkvMF8cCvz3VF9
⚠ Joylar cheklangan!
💡 Maslahat: g‘oyangiz qanchalik jasur bo‘lsa — g‘alaba qozonish imkoniyatingiz shunchalik yuqori!
🌱 Fanni go‘zal qiling.