Laboratoriyaning ilmiy faoliyati
- Tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida fosfat va kaliyni mobilizasiya qilishga qodir boʻlgan tuproq va rizosfera mikroorganizmlarining samarali mahalliy shtammlari asosida biotexnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash uchun yangi ekologik toza bakterial oʻgʻitlar va biologik mahsulotlarni yaratish;
-Qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishini va rivojlanishini rag‘batlantiradigan, fitopatogen va zararkunandalariga qarshi antagonistik xususiyatga ega bo‘lgan, biofungisid va bioinsektisidlar yaratish uchun mikroorganizmlarning yangi shtammlarini izlash;
-Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining fotosintez jarayonini takomillashtirish va sug‘orish suvi sarfini kamaytirish maqsadida yashil mikrosuvo‘tlar asosida ekologik toza biopreparatlar ishlab chiqarish;
- Sho‘r tuproqlardan sho‘rga chidamli tuproq bakteriyalari va rizobakteriyalarni ajratib olish va ular asosida tuproqni sho‘rlanishiga qarshi yangi biologik preparatlar yaratish. Mikrobial biotexnologiyalar va fitomeliorantlardan foydalangan holda sho‘rlangan, degradásiya uchragan tuproqlarni bioremediasiya qilish biotexnologiyasini ishlab chiqish;
- Antagonistik faollik uchun mas'ul bo‘lgan litik fermentlarni, shuningdek, ularning ta'sir qilish mexanizmini va biologik faol moddalarning tabiatini o‘rganish;
- O‘simliklar uchun murakkab polifunksional bakterial preparatlar yaratish uchun azot fiksatorlarining faol mahalliy shtammlarini (assosativ, erkin yashovchi va tuganak bakteriyalar) skrining qilish;
- Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda mikrosuvo‘tlarining biomassasini funksional bioqo‘shimchalar sifatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish.
Loyihalar
AL-412105513 «Mahalliy tuganak bakteriya Bradyrhizobium japonicum shtammlarini in vitro kul'tura kolleksiyasini yig‘ish va ular asosida yangi bakterial o‘g‘it yaratish» (2022-2023 yy.).
Asosiy ilmiy yutuqlar
- Azospirillum, Azotobacter, ko‘k-yashil suv o‘tlari Nostoc, Anabaena, Gloethece, Synechococcus va tuganak bakteriyalari Sinorhizobum, Rhizobium, Bradyrhizobium avlodlariga mansub molekulyar azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalarning katta kolleksiyasi yaratilgan;
- Chlorella, Scenedesmus, Ankistrodesmus, Chlorococcum, Chlamydomonas, Coelastrum, Stichococcus, Asterococcus avlodlariga mansub, biodizel ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan bir hujayrali yashil suv o‘tlari to‘plami mavjud;
- Rahnella, Pantoea, Enterobacter, Bacillus va Pseudomonas avlodlariga mansub bakteriyalar asosida tuproqda kam eriydigan fosfor va kaliy birikmalarini eritib (mobilizasiya) o‘simliklarni fosfor va kaliy bilan ta'minlovchi bakteriyalar to‘plami yaratilgan.
Istiqbollar
- Tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun sho‘rlanishga chidamli, fitogormon hosil qiluvchi (auksin, gibberellin) faol molekulyar azot o‘zdashtiruvchi bakteriyalar asosida Respublika agrobiotexnologiyasi uchun samarali biopreparatlar yaratish;
- Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini turli xil fitopatogenlardan himoya qiluvchi mikrobli preparatlarini yaratish va xlororganik pestisidlarning faol destruktorlari bo‘lgan bakterial shtammlarini tanlash, ulardan O‘zbekiston tuproqlatini qayta tiklashda foydalanish;
- Dukkakli o‘simliklarning simbiotik molekulyar azot o‘zdashtiruvchi tizimining faoliyatini o‘rganish va tuganak bakteriyalari asosida samarali biopreparatlar yaratish;
- Azot fiksatsiyalovchi, fosfat- va kaliyni mobilizasiya qiluvchi bakteriyalarning sho‘rlanishga chidamliligining ayrim mexanizmlarini o‘rganish;
- Mahalliy diazotrof shtammlarning tuproq unumdorligiga ta'siri, agrokimyoviy tarkibini yaxshilash va ekstremal sharoitlarda (qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, pestisidlar va og‘ir metallar bilan ifloslanish) qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish bo‘yicha ilmiy tasdiqlangan ma'lumotlarni olish;
- Mikrosuvo‘tlarning biomassasini chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda funksional bioqo‘shimchalar sifatida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish;
- Ekologik toza bioo‘g‘itlarning (bakterial o‘g‘itlar, biopreparatlar, biofungisidlar) tajriba yarim sanoat ishlab chiqarishini yaratish;
- Qishloq xo‘jaligida biologik mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
Laboratoriya mudiri
Karimov Husniddin Xolmamatovich
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
Yetakchi ilmiy xodim
Biologiya fanlari doktori, professor
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Katta ilmiy xodim
Saidakhon Zakiryaeva Ikramovna
biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim